Chilonzor tumanida 13 yoshli bolaning yonidan pirotexnika vositasi chiqqach, PPX xodimlari uni mashinaga majburlab o‘tirg‘izdi. Bola boshidan lat yegan va qattiq qo‘rqqan. Ikki xodimga hayfsan berildi. Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra holatni prokuratura o‘rganmoqda.
Shahrisabz shahrida 17 yoshli qizni turmush qurishga undab, tazyiq va ruhiy bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi. Avvalroq qizga himoya orderi berilgandi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning aytishicha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, nomunosib muomalaga yo‘l qo‘yayotgan tarbiyachi va pedagoglar ota-onalar noroziligini bildirish yo bildirmasligidan qat’i nazar, har qanday vaziyatda javobgarlikka tortilishi kerak.
Shahrisabzda 17 yoshli qiz turmushga chiqishga majburlangach, bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. U ombudsmandan avval o‘qishini tugatmoqchi ekanini aytib, yordam so‘radi. Qizga himoya orderi berildi, ota-onasi esa majburiy nikoh uchun javobgarlik borligidan ogohlantirildi.
Shofirkon tumanida ayol 5 yoshli bolasini 1,5 yildan ortiq vaqt davomida beshikka bog‘lagan holda kaltaklab, qiynab kelgani aniqlandi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yakkasaroy tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi tarbiyalanuvchiga nisbatan qo‘pol harakat qilib, unga shikast yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, enaga yordamchisi ayblanuvchi tariqasida jalb qilindi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Ko‘kdala, Kasbi va Koson tumanlarida erta nikoh va o‘quvchi qizlar unashtirilayotgani bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdi. Kosonda 18 yoshga to‘lmagan qizning to‘yi to‘xtatildi. Ko‘kdalada 3 ta holatda qizlar va ularning ota-onalari unashtiruv yoki to‘yga tayyorgarlik bo‘lmaganini aytdi.
Keles shahridagi xususiy bolalar bog‘chasida 4 yoshli qizga jinsiy tegajog‘lik qilingani aytilmoqda. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. “Gazeta.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, mazkur ishda bog‘cha mudirining 24 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda.
Buxorodagi xususiy bog‘cha tarbiyalovchisi 2 yoshli bolani urgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tarbiyalovchi ishdan olinganini ma’lum qildi.
Bolalar ombudsmaniga Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli qiz Shahrisabz tumanida 7 oy majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga yollangani haqida murojaat qilindi. Gumonlanuvchiga nisbatan odam savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari ketmoqda.
Poytaxtdagi gul do‘konlarining birida 9 yoshda ekani aytilayotgan qizni mast onasi kaltakladi. Holatni bolalar ombudsmani o‘rganmoqda. “Qizcha voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rilmoqda”, deyiladi ombudsman xabarida.
Tarmoqlarda ayol 3 nafar kichik yoshdagi bolalarga ularni va o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qilgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat alohida nazoratiga olinganini bildirdi.
Senatorlar Surayyo Rahmonovani O‘zbekiston bolalar ombudsmani lavozimiga sayladi. Uning nomzodi prezident tomonidan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlagandi.
Zo‘ravon ota-onadan farzandini olib qo‘yish, bolaga himoya orderi berish va individual himoya rejasini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarida bolalar o‘rtasida zo‘rlik qilish va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik — O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalash uchun qanday choralar ko‘rish taklif etilyapti? “Gazeta.uz” sharhi.
Qonunchilik palatasi Surayyo Rahmonovani Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili etib tasdiqladi. U avval Bosh prokuratura, AOKA va Senatda ishlagan. Nomzod endi Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Toshkent viloyatida 11 yoshli bola onasidan shikoyat qilib Bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. Uning maktabga bormasligi, o‘qish-yozishni bilmasligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda ayol alkogolizmdan davolanishga, bolalari esa ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.
Bolalar ombudsmani Urganchdagi oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining zo‘rlanishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganayotgani ma’lum qilindi. “Bolalarga nisbatan har qanday jinsiy jinoyatlarga og‘ir jazo qo‘llanishi kerak”, — deyiladi bayonotda.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusovaga ko‘ra, Toshkentdagi 12 yashar qizning ayanchli o‘limi O‘zbekistonda bolalar xavfsizligi to‘liq ta’minlanmaganini ko‘rsatadi. Uning ta’kidlashicha, pedofillarga nisbatan jazo turini kuchaytirish, ularga hech qanday amnistiya akti tuzilmasligi va afv etilmasligi kerak.
Bolalar ombudsmani Samarqanda «Dok-1 Maks» tabletka va siroplarini iste’mol qilishi natijasida vafot etgan bolalar soni 18 nafarga yetganini ma’lum qildi. Bemorlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan bo‘lgan. Bolalarning barchasi 6 yoshgacha bo‘lgan.
Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova 21 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalgan Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyida yuz bergan voqeaga izoh berdi. O‘rganishlar natijasida mehribonlik uyi ma’muriyati bolalarni psixiatriya shifoxonasiga yuborib kelganligi, ularga nisbatan qo‘rqitish va nodo‘stona munosabatda bo‘lib kelingani aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting